Gaming club uchun POS va boshqaruv

Gaming klubingizni bitta tizimdan boshqaring.

onePCPOS SYSTEM kassa va smenani, kunlik kassani, Click QR to'lovlarini, QR buyurtmalarni, PC bron va turnirlarni bitta platformaga jamlaydi. Kassir kassada ishlaydi, egasi esa klubni Telegram orqali telefondan kuzatadi.

10+

modul bitta tizimda — kassadan turnirgacha

1

baza: savdo, ombor, buyurtma va hisobot bir-biriga ulangan

5

muhim hodisa darhol Telegram'ga: bron, buyurtma, smena, kunlik kassa

100%

narx va summa server tomonda hisoblanadi

Mahsulot sharhi

Klubda bir kun — onePCPOS bilan

Smena ochilishidan kunlik kassa yopilishigacha har bir jarayon bitta tizimda va bir-biriga ulangan. Pastga aylantiring — kun o'tadi.

Smena ochildi09:00 · kassa kuniga bog'landi
Yangi bron11:20 · VIP zona, PC-04
QR buyurtma13:05 · issiq taom, 20 daqiqa
Click QR to'lov15:40 · avtomatik hisoblandi
Turnir19:00 · CS2 chorak final
Kunlik kassa23:30 · farq 0 so'm
Telegram hisobot23:31 · manager telefonida
09:00Smena ochildiOchiq

Smena ochilishi

Kassir Aziz smenani ochadi. Smena avtomatik ravishda bugungi kassa kuniga bog'lanadi — kun oxirida barcha smenalar bitta hisobda yig'iladi.

Boshlang'ich qoldiq200 000
KassirAziz
Kassa kuni#128
11:20Yangi bronTasdiqlangan

Onlayn PC bron

Jamshid telefonidan kechki 19:00 ga VIP zonadagi PC-04 ni 2 soatga band qiladi. Manager shu zahoti Telegram orqali xabar oladi.

ZonaVIP
PC · vaqtPC-04 · 19:00
Davomiylik2 soat
13:05QR buyurtmaTayyorlanmoqda

QR buyurtma va issiq taom vaqti

PC-07 dagi o'yinchi QR kod orqali lavash buyurtma qiladi. Issiq taom tayyor bo'lish vaqti — 20 daqiqa, mijoz telefonida teskari sanoq ko'rinadi.

JoyPC-07
Summa36 000
Tayyor bo'ladi13:25
15:40Click QR to'lovHisoblandi

Click QR avtomatik hisob

Mijoz Click QR orqali 45 000 so'm to'laydi. Chek Telegram guruhga tushadi, onePCPOS uni tekshiradi va kunlik kassadagi karta summasiga o'zi qo'shadi.

To'lov+45 000
Click jami1 030 000
ManbaIshonchli
19:00Turnir · CS2Chorak final

Turnir rejimi

Klub turnirining chorak finali. Admin faqat match hisobini kiritadi — keyingi bosqich va g'olibni tizim o'zi aniqlaydi.

MatchWolves – NoScope
Hisob13 : 9
KeyingiYarim final
23:30Kunlik kassa yopildiKassa to'g'ri

Kunlik kassa yakuni

Barcha smenalar yopilgach kun yakunlanadi: PC shot va bar bir tomonda, naqd, karta va xarajatlar ikkinchi tomonda. Farq — 0 so'm.

Kutilgan3 734 000
Hisoblangan3 734 000
Farq0
23:31Telegram hisobot

Manager uchun Telegram xabari

Klub egasi kun yakunini telefonida ko'radi — klubda bo'lmasa ham. Bron, buyurtma, smena va kunlik kassa xabarlari bitta botda.

Savdo3 734 000
Smenalar2 ta
BotManager
Kunlik kassa

Kun yakunida bitta aniq raqam — farq

Bir kunda bir nechta smena bo'ladi. Kunlik kassa ularning bar savdosini o'zi yig'adi, PC shot, naqd, karta va xarajatlar bilan solishtiradi va kassa to'g'rimi yoki yo'qmi — darhol ko'rsatadi.

Kutilgan=PC shot + Bar
Hisoblangan=Naqd + Karta + Xarajatlar
Farq=Hisoblangan − Kutilgan
  • Smenalar kunga o'zi bog'lanadi — bar summasi qo'lda yig'ilmaydi
  • Karta = Click QR + boshqa karta — Click ikki marta sanalmaydi
  • Yopilgan kun o'zgarmaydi — keyingi qaytarish yoki narx arxivni buzmaydi
Kunlik kassa haqida batafsil
Kunlik kassa · Kun #1282 smenanamuna
1Smena · Aziz09:00 – 16:00 · bar742 000
2Smena · Madina16:00 – 23:30 · bar542 000
Kutilgan
PC shot2 450 000
Bar · smenalar yig'indisi1 284 000
Jami kutilgan3 734 000
Hisoblangan
Naqd · sanalgan1 900 000
Karta jami1 654 000
Click QR · avtomatik1 120 000
Boshqa karta · qo'lda534 000
Xarajatlar180 000
Jami hisoblangan3 734 000
Kassa to'g'ri Farq: 0 so'm Hisoblangan − kutilgan · serverda hisoblanadi
Click QR Auto

Click QR to'lovlari o'zi hisoblanadi

Click cheklari klubning Telegram guruhiga tushadi. onePCPOS har bir chekni o'qiydi, tekshiradi va kunlik kassadagi karta summasiga qo'shadi — kassir qo'lda yozmaydi, bitta to'lov ikki marta sanalmaydi.

Click QR qanday ishlaydi
Klub · Click to'lovlarTelegram guruh · onePCPOS ulangan
Hisoblandi
CLICK
To'lov muvaffaqiyatli tasdiqlandi
45 000 so'm
Klub kassasi (100245) · ID 48102291 · 15:40
Forward · hisoblanmadi
Forward qilingan xabar
To'lov muvaffaqiyatli tasdiqlandi
45 000 so'm
Original yuboruvchi emas
Hisoblandi
CLICK
To'lov muvaffaqiyatli tasdiqlandi
30 000 so'm
Klub kassasi (100245) · ID 48102507 · 16:12
Dublikat · o'tkazildi
CLICK
To'lov muvaffaqiyatli tasdiqlandi
30 000 so'm
ID 48102507 · allaqachon hisoblangan
Hisoblandi
CLICK
To'lov muvaffaqiyatli tasdiqlandi
60 000 so'm
Klub kassasi (100245) · ID 48103116 · 17:05
To'lov manbaiIshonchli
Kutilmoqda
birinchi chek
Tasdiq
manager ruxsati
Ishonchli manba
faqat shu ID

Tasdiqlangan yuboruvchi: 81…442 — ID maskalangan, boshqa hisobdan kelgan chek hisoblanmaydi.

Karta jami · bugunnamuna
Click QR · avtomatik1 120 000
Boshqa karta · qo'lda534 000
Karta jami1 654 000
Original yuboruvchi Muvaffaqiyatli status Dublikat emas Ochiq kassa kuni
Buyurtmalar

QR buyurtmadan tarixgacha — har bir buyurtma nazoratda

O'yinchi joyidan turmasdan buyurtma beradi, issiq taom qachon tayyor bo'lishini telefonida ko'radi, o'z buyurtmalari tarixini esa istalgan payt ochadi.

QR buyurtma

O'yinchi joyidan turmasdan buyurtma beradi

Har kompyuterda o'z QR kodi bor. Mijoz uni skanerlaydi, menyu PC raqami bilan ochiladi, buyurtma esa kassirga real vaqtda tushadi. Holat o'zgarishi mijozning telefonida ko'rinadi.

PC-07 QR kodi
Kamerani QR kodga qarating
Menyu
PC-07 · aniqlandi
Burger22 000
Cola 0.58 000
Choy5 000
Chips9 000
Savat
PC-07
Burger
Cola 0.5
Jami: 30 000 so'm
Buyurtmani yuborish
Buyurtma #318
PC-07 · 30 000 so'm
Yuborildi
Kassir qabul qildi
Tayyorlanmoqda
Tayyor
Yakunlandi
Kassa · Zakazlar
#318 · PC-07Kutilmoqda
Burger × 1, Cola 0.5 × 1 · 30 000 so'm · narx serverda tekshirildi
Qabul qilishTayyorlanmoqdaTayyorYakunlash
#317 · PC-12Tayyor
Lavash × 1 · 28 000 so'm
#316 · PC-03Yakunlandi
Choy × 2 · 10 000 so'm

Issiq taom ETA

Tayyor bo'lish vaqti — serverdan, soniyagacha

Har mahsulot uchun tayyorlash vaqti belgilanadi. Kassir buyurtmani qabul qilishi bilan mijoz telefonida teskari sanoq boshlanadi. Vaqt server soatidan olinadi, shuning uchun telefon soati noto'g'ri bo'lsa ham hisob buzilmaydi.

  • Countdown — qabul qilingandan tayyor bo'lguncha
  • Erta tayyor bo'lsa — «Tayyor» bosilishi bilan taymer to'xtaydi
  • Buyurtmalarim — mahsulot, soni, summa, vaqt va holat saqlanadi
Buyurtmalar tizimi haqida
Buyurtma #321PC-07 · Lavash, Cola 0.5
15:00tayyor bo'lishiga
Qabul qilindiTayyorlanmoqdaTayyor

Server vaqti bilan sinxron · 20 daqiqa

Buyurtmalarim · tarixnamuna
BuyurtmaSummaHolat
Lavash × 1, Cola × 1bugun 13:05 · issiq taom36 000Tayyorlanmoqda
Choy × 2bugun 11:4010 000Yakunlandi
Burger × 1, Energetik × 1bugun 10:15 · issiq taom37 000Yakunlandi
Lavash × 2kecha 22:1056 000Yakunlandi
Mahsulot, soni, summa, vaqt va holat saqlanadiFaqat shu mijozning buyurtmalari
Bron PC

Mijozning yo'li: bron sahifasidan tayyor PC'gacha

Mijoz zonani, kompyuterni va vaqtni o'zi tanlaydi, manager esa bronni darhol Telegram'da ko'radi. Pastga aylantiring — butun oqim bir chiziqda.

  1. 01 · KirishBron sahifasiMijoz klubning bron havolasini telefonida ochadi.
  2. 02 · ZonaZona yoki PS xonaVIP, oddiy zal yoki PlayStation xonasi tanlanadi.
  3. 03 · PC va vaqtPC-07 · 19:00 · 2 soatKompyuterlarning jonli holati ko'rinadi: bo'sh, band yoki noma'lum.
  4. 04 · KamandaGuruh bron · 5 PCJamoa uchun bir nechta PC bitta bronda.
  5. 05 · TasdiqBron #214 qabul qilindiManager Telegram orqali darhol xabar oladi.
  6. 06 · Yo'l«Qanday borish?»Bron natijasida klub manzili va yo'nalish ko'rsatiladi.
  7. 07 · KlubdaPC tayyor · mijoz keldiKassir bronni «Keldi» holatiga o'tkazadi.
Bron oqimiKlub zonalariKo'rsatilgan ma'lumotlar namuna
Bron

Bronlar vaqt shkalasida

Qaysi kompyuter qachon va kim uchun band qilingani, qancha vaqtga va hozirgi holati — bitta jadvalda. To'qnashuvlar oldindan ko'rinadi.

Bugun · 16:00–22:00namuna
16:0017:0018:0019:0020:0021:00
PC-04
Jamshid · 2 soat
PC-09
Diyor · kutilmoqda
PC-10
Diyor (guruh)
PC-16
Sardor · keldi
PC-18
Bekzod · 1.5 soat
TasdiqlanganKutilmoqdaKeldi
Bron imkoniyatlari

Bron — klub qoidalari bilan

Har zona o'z PC oralig'iga ega, shuning uchun bitta kompyuter ikki xonaga tushib qolmaydi.

  • Zonalar — masalan VIP: PC 5–10, oddiy zal: PC 11–30
  • PlayStation xonalari alohida bron qilinadi
  • Guruh bron — jamoa uchun bir nechta PC bitta bronda
  • Jonli holat — bo'sh, band yoki noma'lum; taxmin qilinmaydi
  • Telegram xabar har yangi bron haqida
PC bron tizimi haqida
Turnir rejimi

Klub turniri: ro'yxatdan g'olibgacha bitta oynada

Jamoalar ro'yxatdan o'tadi, bracket o'zi quriladi. Admin faqat hisobni kiritadi — keyingi bosqich, 3-o'rin uchun match va g'olib avtomatik.

Turnir rejimi

Klub ichida turnir — ro'yxatdan g'olibgacha

Admin turnir yaratadi, jamoalar ro'yxatdan o'tadi va bracket avtomatik quriladi. Admin faqat match hisobini kiritadi — keyingi bosqich va g'oliblarni tizim o'zi hisoblaydi.

  • Turnir yaratish — o'yin va jamoalar sonini tanlab
  • Jamoalarni ro'yxatdan o'tkazish — admin qo'shadi yoki jamoa onlayn yoziladi (kapitan va aloqa bilan, joylar soni cheklangan)
  • Bracket — juftlash, jamoa logolari va klub nomi bilan
  • Match natijalari — hisob kiritiladi, g'olib server tomonda aniqlanadi
  • 3-o'rin uchun match — yarim finalda yutqazgan jamoalar o'rtasida
  • Aktiv va arxiv turnirlar — tugaganlari arxivda saqlanadi
  • Yakuniy natija — 1-, 2- va 3-o'rin klubning mijozlar sahifasida e'lon qilinadi

Hozir qo'llab-quvvatlanadigan o'yinlar: CS2 CS 1.6

Mahsulot bilan tanishuv

onePCPOS SYSTEM ichida nima bor — bitta ekranda

Har bir modul kassir va manager ishlatadigan real bo'limlar asosida qayta chizilgan. Ko'rsatilgan raqamlar namuna uchun.

onePCPOS

Demo rejim. Haqiqiy klub ma'lumotlari ishlatilmagan.

KassaMahsulot savdosi, to'lov va chek
namuna ma'lumot
MahsulotlarHammasi
Burger22 000
Lavash28 000
Cola 0.58 000
Energetik15 000
Choy5 000
Savat3 ta
Burger × 122 000
Cola 0.5 × 216 000
Jami38 000
NaqdKartaBalans
PCBuyurtmaSummaHolat
PC-07Burger, Cola 0.530 000Yangi
PC-12Lavash28 000Tayyorlanmoqda
PC-03Choy × 210 000Tayyor
PC-15Energetik15 000Yakunlandi
PCMijozBoshlanishDavomiylikHolat
PC-04Jamshid19:002 soatTasdiqlangan
PC-09Diyor20:303 soatKutilmoqda
PC-10Diyor (guruh)20:303 soatKutilmoqda
PC-16Sardor17:001 soatKeldi
MahsulotQoldiqSotildiTannarxNarx
Cola 0.548225 5008 000
Energetik91411 00015 000
Burger—1114 00022 000
Chips3186 0009 000
Kutilgan naqd1 284 000
Sanalgan naqd1 280 000
Farq−4 000
Kassa harakatlariSmena ochiq · 09:00
Boshlang'ich qoldiq200 000
Kirim (pay-in)+100 000
Chiqim (pay-out) · yetkazib beruvchi−150 000
Savdo1 284 000
Cheklar46
Qaytarishlar1
Haftalik savdoPDFXLSX

Modulni tanlang yoki pastga aylantiring

Barcha modullar

Kassa, smena, ombor va zal — hammasi bir-biriga ulangan

Kassada sotilgan mahsulot omborda kamayadi, smena hisobiga tushadi, kunlik kassada yig'iladi va hisobotda ko'rinadi. Har modul klubning real ish jarayoni asosida qurilgan.

Kassa

Tez savdo, to'g'ri narx, aniq chek

Kassir mahsulotni bir bosishda savatga qo'shadi, to'lov turini tanlaydi va chek chiqaradi. Narx kassir kompyuterida emas, serverda hisoblanadi.

  • Server tomonda narxlash — kassada narxni qo'lda o'zgartirib bo'lmaydi
  • Naqd, karta va mijoz balansi orqali to'lov
  • Termal printerda chek, shtrix-kod skaneri
  • Har chekda kassir nomi; qaytarish (refund) tasdiq bilan
Kassa · kassir: Azizinteraktiv namuna
HammasiOvqatIchimlikGazak
Savat0

Mahsulot tanlang — savatga qo'shiladi.

Jami0
Smena va kassa

Smena oxirida farq darhol ko'rinadi

Kassir smenani ochadi, kun davomidagi har bir kirim-chiqim yoziladi. Yopishda tizim kutilgan summani sanalgan naqd bilan solishtiradi.

  • Smena ochish va yopish, kassir bo'yicha
  • Kutilgan, sanalgan naqd va farq
  • Pay-in va pay-out izoh bilan
  • Smena yakuni manager Telegramiga yuboriladi
Smena #218namuna
Smenani yopish
09:00 – 21:00 · kassir: Aziz
Farq bor
Kutilgan1 284 000
Sanalgan1 280 000
Farq−4 000
Kassa harakatlaribugun
Boshlang'ich qoldiq200 000
Pay-in · maydalash uchun
12:40 · Aziz
+100 000
Pay-out · ichimlik yetkazib beruvchi
15:10 · Aziz
−150 000
Naqd savdo ulushi
Ombor

Qoldiq, tannarx va foyda bir jadvalda

Har sotuv omborni avtomatik kamaytiradi. Tannarx kiritilgani uchun har mahsulot qancha foyda keltirayotgani ko'rinadi, narx o'zgarishlari esa tarixda saqlanadi.

  • Mahsulotlar, kategoriyalar, qoldiq nazorati
  • Sotilgan miqdor, tannarx va foyda
  • Narx o'zgarishi va ombor harakatlari tarixi
Ombornamuna
MahsulotQoldiqSotildiTannarxFoyda / dona
Cola 0.548225 500+2 500
Energetik91411 000+4 000
Chips3186 000+3 000
Choy120191 200+3 800
Narx tarixi
Energetik: 14 000 → 15 000
Cola 0.5: 7 000 → 8 000
Ombor harakati
Kirim: Cola 0.5 +48
Kirim: Chips +24

Energetik qoldig'i kamaymoqda

PC holati

Zal holati bir qarashda

Har kompyuter holati klubingizdagi PC boshqaruv tizimidan olinadi: bo'sh, band yoki noma'lum. Ma'lumot kelmasa, tizim taxmin qilmaydi — "Noma'lum" deb ko'rsatadi.

Zal · 20 PC
Manba: PC boshqaruv tizimiNamuna ma'lumot
Telegram manager

Klub egasi uchun cho'ntakdagi panel

Manager bot yangi bron, yangi buyurtma, smena ochilishi va yopilishi, kunlik kassa yakuni haqida darhol xabar beradi. Klub holatini tugmalar orqali istalgan payt ochish mumkin.

onePCPOS Managerbot
Yangi bron
PC-04 · VIP · 19:00, 2 soat · Jamshid
Yangi buyurtma
PC-07 · Lavash, Cola 0.5 · 36 000 so'm
/klub
Klub holati · bugun
Savdo1 284 000
Band PC14 / 20
Smenaochiq · Aziz
SavdoSmenaOmborOgohlantirishlar
Kunlik kassa yopildi · #128
Kutilgan3 734 000
Hisoblangan3 734 000
Farq0 · to'g'ri
Control bot va litsenziya

Klublar, litsenziyalar va qurilmalar nazorati

Control bot orqali har klub litsenziyasi, uning holati, ulangan qurilmalar va manager o'rinlari (slot) boshqariladi.

Litsenziyalarnamuna
KlubHolatQurilmalarManager slot
Klub A
klub-a.onepcpos.uz
Faol2 / 2
Klub B
klub-b.onepcpos.uz
Faol1 / 2
Klub C
klub-c.onepcpos.uz
Muddati tugamoqda1 / 1
Qurilma qo'shish yoki olib tashlash — faqat Control bot orqali
Qanday ishlaydi

To'rt qadamda ishga tushadi

O'rnatish va sozlashni jamoamiz klub bilan birga bajaradi.

01

onePCPOS o'rnatiladi

Kassa kompyuteriga Windows ilovasi o'rnatiladi va litsenziya shu qurilmaga bog'lanadi.

02

Klub va kompyuterlar ulanadi

Klub uchun alohida web manzil ochiladi, klubdagi PC boshqaruv tizimi orqali zal kompyuterlari ulanadi, mahsulotlar kiritiladi.

03

Kassir ish boshlaydi

Smena ochiladi: savdo, QR buyurtmalar va bronlar bitta oynada.

04

Manager real vaqtda ko'radi

Savdo, smena yakuni va ogohlantirishlar Telegram manager botga keladi.

Xavfsizlik

Pul va ma'lumot bilan ishlaydigan tizim uchun qatlamli himoya

Himoya bitta parolga tayanmaydi. Kim, qaysi qurilmadan va nima qilayotgani alohida tekshiriladi.

Rolga asoslangan kirish

Kassir, admin va manager faqat o'z vakolatidagi amallarni bajaradi.

Qurilmaga bog'lash

Litsenziya tasdiqlangan qurilmada ishlaydi; yangi qurilma Control bot orqali qo'shiladi.

Guard

Shubhali urinishlar va muhim hodisalar haqida Guard bot orqali xabar beriladi.

BioShield

Manager kirishini biometrik tasdiq bilan himoyalash.

Himoyalangan QR sessiya

QR buyurtma sessiyasi aniq PC bilan bog'lanadi; narx va tarkib serverda tekshiriladi.

Audit jurnali

Qaytarish, narx o'zgarishi va kassa harakatlari kim tomonidan qilingani bilan yoziladi.

Server tomonda tekshiruv

Narx, summa va ruxsatlar mijoz qurilmasiga ishonib qabul qilinmaydi.

Yangilanish yaxlitligi

Ilova yangilanishlari o'rnatishdan oldin yaxlitlikka tekshiriladi.

BioShield

Manager kirishi uchun biometrik tasdiq

BioShield muhim bo'limlarga kirishdan oldin managerni yuz orqali tasdiqlaydi. Shunda parol boshqa odamga o'tib qolsa ham, boshqaruv bo'limlari yopiq qoladi.

  • Manager autentifikatsiyasi — muhim amallar oldidan
  • Shifrlangan biometrik shablon saqlanadi
  • Yuz rasmi saqlanmaydi — faqat undan olingan shablon
Litsenziya va qurilma

onePCPOS faqat tasdiqlangan qurilmada ochiladi

Litsenziyaklubga berilgan kalit
Qurilma tekshiruviruxsat berilgan kompyuterga mosligi
onePCPOSish boshlanadi

Litsenziya kaliti tekshirilmoqda

Integratsiyalar

Klubingizdagi tizimlar bilan bitta zanjirda

GameClass3 seanslari, Click QR to'lovlari va Telegram xabarlari onePCPOS bazasiga tushadi. Tayyorlanayotgan ulanishlar alohida belgilangan.

onePCPOS SYSTEMbitta baza · bitta hisob
GC3
GameClass3PC seanslari · pushUlangan
Windowskassa ilovasiIshlaydi
iC
iCafeCloudavto-aniqlashTayyorlanmoqda
TelegramManager · Control · GuardIshlaydi
Click QRto'lovlar · avtomatikIshlaydi
SL
Smartlaunchavto-aniqlashTayyorlanmoqda
Manager botga: Yangi bron Yangi buyurtma Smena ochildi Smena yopildi Kunlik kassa yopildi

PC boshqaruv tizimlari

onePCPOS klubingizdagi mavjud PC boshqaruv tizimi bilan integratsiya bo'lib, band/bo'sh holat va seans ma'lumotlarini yagona panelga olib keladi.

  • Bo'sh / band / noma'lum holatlari
  • Seans boshlanishi va tugashi real vaqtda
  • QR buyurtmani PC raqamiga bog'lash

Hozir tasdiqlangan integratsiya: GameClass3. iCafeCloud va Smartlaunch uchun ulanish tayyorlanmoqda.

GameClass3 integratsiyasi

Telegram

Manager, Control va Guard botlari orqali boshqaruv, litsenziya nazorati va ogohlantirishlar.

  • Savdo va smena hisobotlari
  • Qoldiq va xavfsizlik ogohlantirishlari

Windows

onePCPOS SYSTEM — kassa kompyuteri uchun Windows ilovasi, avtomatik yangilanish bilan.

  • Termal printer va shtrix-kod skaneri
  • Litsenziya qurilmaga bog'lanadi
Termal printer Shtrix-kod skaneri Har klub uchun alohida web manzil
Hisobotlar

Kun yoki oy yakuni — bir necha soniyada

Savdo, cheklar, mahsulotlar, qaytarishlar va kassirlar statistikasi. Istalgan davrni PDF yoki XLSX ko'rinishida eksport qilish mumkin.

Hisobot

namuna ma'lumot — haqiqiy klub emas
Savdo0so'm
Cheklar0ta
Smenalar0yopilgan
Qaytarishlar0so'm
Savdo dinamikasiming so'm
Top mahsulotlar
Kassirlarcheklar / savdo
To'lov turlari
Bir nechta klub

Har klub — alohida manzil va alohida ma'lumotlar

Har bir klub o'z web manzili va bazasiga ega. Litsenziyalar markazdan boshqariladi, klub ma'lumotlari bir-biriga aralashmaydi.

onePCPOS serverlitsenziya · yangilanish · botlar
Klub AFaol
klub-a.onepcpos.uz
  • O'z bazasi
  • Kassa qurilmasi
Klub BFaol
klub-b.onepcpos.uz
  • O'z bazasi
  • Kassa qurilmasi
Klub CFaol
klub-c.onepcpos.uz
  • O'z bazasi
  • Kassa qurilmasi
Nega onePCPOS

Pul bilan ishlaydigan klub uchun aniqlik birinchi o'rinda

onePCPOS chiroyli panel emas, balki klub egasining kunlik savollariga javob beradigan tizim: pul qayerda, kim nima qildi, zal hozir qanday.

Hisob serverda

Narx, summa, kunlik kassa farqi va turnir g'olibi kassir kompyuterida emas, serverda hisoblanadi. Qo'lda «tuzatib» bo'lmaydi.

Ikki marta sanalmaydi

Click QR cheki forward qilinsa yoki qayta yuborilsa ham bir marta hisoblanadi. Karta jami ochiq formula bilan ko'rinadi.

Bitta baza

Savdo, ombor, buyurtma, bron va turnir bir-biriga ulangan. Bitta sotuv omborga, smenaga, kunlik kassaga va hisobotga tushadi.

Klub cho'ntakda

Manager bron, buyurtma, smena va kunlik kassa xabarlarini Telegram'da oladi — klubda bo'lmasa ham.

Mavjud tizim bilan

onePCPOS GameClass3 o'rnini bosmaydi — u bilan birga ishlaydi. PC seanslari va holati yagona panelga keladi.

Mahalliy jamoa

O'zbekistonda ishlab chiqilgan. O'rnatish, sozlash va yordam — o'zbek tilida, Telegram orqali.

Narxlar

Narx klubingizga qarab belgilanadi

Kompyuterlar soni, filiallar va kerakli modullarni aniqlab, aniq taklif beramiz.

Bitta tizim — barcha modullar

Litsenziyaga quyidagilar kiradi:

  • Kassa, smena, chek va kunlik kassa
  • Click QR to'lovlarini avtomatik hisoblash
  • Ombor, narx va qoldiq tarixi
  • QR buyurtma, buyurtmalar tarixi, PC holati, bron
  • Turnir rejimi, Telegram manager bot va hisobotlar (PDF, XLSX)
  • O'rnatish va sozlashda yordam

Bir nechta filial

Tarmoq uchun har filialga alohida manzil, markazlashgan litsenziya nazorati va umumiy manager bot.

FAQ

Ko'p beriladigan savollar

onePCPOS SYSTEM (qisqa nomi: onePCPOS) — gaming club uchun boshqaruv tizimi. U kassa kompyuteridagi Windows ilovasi, klub uchun alohida web panel va Telegram botlardan iborat. Kassa, smena, ombor, QR buyurtma, PC holati, bron va hisobotlar bitta bazada ishlaydi.

Kompyuter klublari va o'yin markazlari uchun: bitta zaldan tortib bir nechta filialgacha. Har bir filial alohida web manzil va alohida ma'lumotlar bazasi bilan ishlaydi.

onePCPOS klubingizdagi mavjud PC boshqaruv tizimi bilan birga ishlaydi: zal kompyuterlarining bo'sh, band yoki noma'lum holatini va seans ma'lumotlarini yagona panelga olib keladi. Hozir tasdiqlangan integratsiya — GameClass3; iCafeCloud va Smartlaunch uchun ulanish tayyorlanmoqda. onePCPOS mavjud tizimingiz o'rnini bosmaydi, u bilan birga ishlaydi.

Smena — bitta kassirning ish vaqti. Kunlik kassa esa butun kunni yakunlaydi: kun ichidagi barcha smenalarning bar savdosini yig'adi, PC shot, naqd, karta va xarajatlar bilan solishtiradi va farqni ko'rsatadi. Ochiq smena qolsa, kun yopilmaydi. Yopilgan kun snapshot sifatida saqlanadi. Batafsil: Kunlik kassa.

Click cheklari klubning Telegram guruhiga tushadi. onePCPOS har bir chekni o'qiydi: faqat muvaffaqiyatli to'lov, faqat manager tasdiqlagan yuboruvchidan va faqat bir marta hisoblanadi. Summa kunlik kassadagi karta qismiga avtomatik qo'shiladi: karta jami = Click QR + boshqa karta. Batafsil: Click QR.

Mijoz klubning bron sahifasini ochadi, zona yoki PS xonani, PC, vaqt va davomiylikni tanlaydi. Jamoa uchun guruh bron ham bor. Bron qabul qilinishi bilan manager Telegram orqali xabar oladi, mijozga esa klubgacha qanday borish ko'rsatiladi. Batafsil: PC bron.

onePCPOS ma'lumotlarni markaziy serverda saqlaydi. QR buyurtma, Telegram manager bot, hisobotlar, litsenziya tekshiruvi va yangilanishlar kabi bulutli funksiyalar internet orqali ishlaydi, shuning uchun uzilish paytida ular to'xtaydi. Biz to'liq oflayn ishlashni va'da qilmaymiz: klubga barqaror ulanish va imkon bo'lsa zaxira internet tavsiya etiladi. Klubingiz sharoitini o'rnatishdan oldin birga ko'rib chiqamiz.

Har kompyuterda o'z QR kodi bo'ladi. Mijoz uni telefonida skanerlaydi, menyu shu PC raqami bilan ochiladi. Buyurtma kassirga darhol tushadi, narx serverda hisoblanadi. Kassir holatni o'zgartirganda (qabul qilindi, tayyorlanmoqda, tayyor) mijoz buni telefonida ko'radi.

Telegram manager bot orqali: klub holati, savdo, smena yakuni va ogohlantirishlar. Batafsil hisobotlar klubning web panelida.

Litsenziya klubga beriladi va ruxsat etilgan qurilmalarga bog'lanadi. Qurilmalar soni va manager slotlari litsenziyada belgilanadi, ular Control bot orqali boshqariladi. Tasdiqlanmagan kompyuterda onePCPOS ishga tushmaydi.

Telegram orqali bog'lanasiz, klubingiz haqida qisqacha ma'lumot berasiz. Jamoamiz ilovani o'rnatadi, litsenziyani qurilmaga bog'laydi, PC boshqaruv tizimi va botlarni ulaydi. Yangi versiya o'rnatuvchisi hozir tayyorlanmoqda, shuning uchun saytdan to'g'ridan-to'g'ri yuklab olish vaqtincha yopiq.

onePCPOS SYSTEM asoschisi — Sarvar Xakimov. Batafsil: Biz haqimizda.

onePCPOS SYSTEM CEO'si — Sarvar Xakimov, loyiha asoschisi.

Yo'q. onePCPOS SYSTEM — mustaqil game club boshqaruv mahsuloti va brendi. «OnePC» nomini ishlatadigan boshqa kompaniya va brendlar bilan bog'liq emas.

Klubingizni onePCPOS bilan boshqarishni boshlang.

Klubingiz haqida yozing — qaysi modullar kerakligini birga aniqlaymiz va ishga tushirishni rejalashtiramiz.

onePCPOS SYSTEM yangi versiyasi tayyorlanmoqda

O'rnatuvchi hozir yangilanmoqda, shuning uchun saytdan yuklab olish vaqtincha yopiq. Ishga tushirish uchun biz bilan bog'laning: o'rnatish va litsenziyani jamoamiz o'zi sozlaydi.

Yangi versiya chiqqanda yuklab olish shu saytda ochiladi.

Biz bilan bog'lanish

Telegram'da yozing: klub nomi, shahar va kompyuterlar sonini ko'rsating. Narx va ishga tushirish muddati bo'yicha javob beramiz.

@onepcpos ga yozish